Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududida yashovchi fuqaro, tajribali arxitektor o`z joniga qasd qilganligi to`g`risidagi xabarlar tarqaldi.
Xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Unda qayd etilishicha, Baxmal tuman qurilish bo`limi boshlig`i, bosh arxitektor Sh.B.ning o`z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan 2023 yil 13 mart kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.






