Dunyoda “omikron” shtammining yangi — XBB.1.16 subvarianti keng tarqalishi mumkin. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining COVID-19 bo`yicha texnik rahbari Mariya Van Kerxove hozirgacha mazkur mutasiya 22 mamlakatda aniqlanganini ma`lum qildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Hindistonda bir necha oy ichida yangi variant dominant versiyaga aylandi. Qolaversa, u Osiyo va Evropa Ittifoqining qator davlatlari, Buyuk Britaniya hamda Avstraliyada ham ro`yxatga olindi.
Laboratoriya tadqiqotlaridan so`ng XBB.1.16 “kraken” deb atalgan XBB.1.5 versiyasidan ham yuqumliroq, degan xulosaga kelindi.
Ayni sababdan ekspertlar kasallikni jilovlashning eng to`g`ri va samarali yo`li to`liq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb ta`kidlamoqda.
03.04.2023 16:53
“Omikron”ning yangi XBB.1.16 subvarianti "kraken" dan ham yuqumliroq — JSST






