AsosiyJamiyat

"Birovga aytsang hech narsani isbotlay olmaysan" – Xorazmda zo`rlangan mexribonlik uyidagi qizlar faryodi

'"Birovga aytsang hech narsani isbotlay olmaysan" – Xorazmda zo`rlangan mexribonlik uyidagi qizlar faryodi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Xorazmda ikki mansabdor – sobiq viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i A.M hamda Yangiariq tumani FVB rahbari A.K 10 oy davomida oilaviy mehribonlik uyidagi 15-17 yoshli qizlar bilan jinsiy aloqa qilib kelgan. Qizlarni mehribonlik uyi mudirasi jirkanchlikka majburlab kelgan. 

Ma`lumot o`rnida:

Mudira 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo`lsa, lekin ikki mansabdorga 1,5 yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Qizlarning aytishicha, nafsi buzuq mansabdorlar mehribonlik uyiga kelib turgan. Sobiq mudira Yu.X ular bilan yaxshi aloqada bo`lib, qizlarni “postel”ga kirishga undagan.
“Ulardan biri bizga 250 ming so`mlik krossovka olib berdi. Bundan tashqari, turli g`amxo`rliklar qilishdi, mudira esa buning evaziga ular bilan yotoqda bo`lishga majburladi. Agar jinsiy aloqaga kirishmasak, mudira bizni och qoldirar edi. Shunday kunlar ham bo`ldi. Ahvolimiz og`ir, Prezidentdan yordam so`raymiz. Ular qanday qilib ozodlikda yurishi mumkin? Qo`rquv va xavotirdamiz, bizga yordam beringlar”, deydi jabrlangan qizlardan biri.
Ta`kidlanishicha, mansabdorlar ularni doimiy ravishda qo`rqitib kelgan. Agar taklifga rozilik berilmasa, qizlar och qoldirilgan. Bundan tashqari, ularga nisbatan turli ravishda bosimlar doim bo`lib kelgan.
"Xayriya evaziga jinsiy aloqaga majburlashdi. Agar rad qilsak, ovqat bermasdan jazolanar edik. Majbur bo`lganmiz! "Birovga aytsang hech narsani isbotlay olmaysan" deb qo`rqitishgan.
"Orqamda kuchli odamlar bor", deyishardi. Maktabimiz direktoridan yordam so`raganmiz, Ichki ishlar xodimlari orqali najot topdik. Mudiramiz bizning hayotimizni barbod qildi. Biz bu ishlarga rozi bo`lmaganmiz, bo`lmasa murojaat qilmagan bo`lardik. Adolatli hukm bo`lishini istaymiz", deydi jabrlangan qizlardan biri.

    Boshqa yangiliklar