AsosiyJamiyat

Namangan–Jidda yo`nalishida parvozlar yo`lga qo`yildi

'Namangan–Jidda yo`nalishida parvozlar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Bugun, 2 aprel kuni Centrum Air mahalliy aviakompaniyasining Boeing–737 rusumli havo kemasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Aviakompaniya Namangan xalqaro aeroportidan ilk  bor Namangan – Jidda yo`nalishidagi  aviaqatnovni yo`lga qo`ydi.

An`anaga muvofiq, ushbu yangi yo`nalishning ochilishi tantanali ravishda tashkil etilib, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.

Ilk reysda 150 nafar yo`lovchi Jiddaga jo`nab ketdi. Avikompaniya tomonidan Namangan — Jidda yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlari haftasiga 7-10 reysgacha Boeing–737 va Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar