AsosiyJamiyat

Toshkentning ikki tumani bir kunga gaz va issiq suv ta`minotidan uziladi

'Toshkentning ikki tumani bir kunga gaz va issiq suv ta`minotidan uziladi'ning rasmi

"Hududgaz Poytaxt" tomonidan Sergeli va Yangihayot tumanlarida bir kunga gaz ta`minoti o`chirildi. Shu munosabat bilan ko`rsatib o`tilgan hududlarning ayrim joylarida issiq suv ta`minoti bo`lmaydi.

"Veolia Energy Tashkent" MChJ XK uchun issiqlik energiyasi etkazib beruvchi 8-IM issiqlik markazida  vaqtincha gaz ta`minoti o`chirilgan.

O`chirishlar "Hududgaz Poytaxt" gaz quvurlarida olib borilayotgan  rejali ishlar bilan bog`liq. 

Qayd etilishicha quyidagi manzillarda issiq suv ta`minotini uzatish vaqtincha to`xtatilgan:

Yangi Sergeli, Mexrigiyo, Qipchoq, Sug`diyona chinor, Davlatobod, Do`stlik, Mirzo Tursunzoda, Jaxonaro, Qo`rg`ontepa, Sergeli 1-8a, Yo`ldosh 1-18a, Do`stlik 1, 2.

Aytilishicha, gaz ta`minoti tiklanishi bilan issiq suv uzatish darhol tiklanadi. "Hududgaz Poytaxt" ma`lumotiga ko`ra, ushbu holat 5 aprel soat 8.00ga qadar kuzatiladi.

 

    Boshqa yangiliklar