“G`ishtko`prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan avtomashinadan Afrika filining tishi hamda 180 dona bug`u shohlari topildi.
Ma`lumki, ayrim hayvonlarning shox va suyaklari dunyo bozorida xaridorgir xomashyo hisoblanadi. Shu sabab, buning ortidan mo`may daromad orttirishni ko`zlagan ayrim shaxslar tabiatga zarar etkazish bilan birga, bojxona tartib qoidalarini buzishga urinadi.
“G`ishtko`prik” chegara bojxona posti orqali harakatlanib, xorij davlatidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “COBALT” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada avtoulov o`rindig`ining ost qismiga yashirincha joylangan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, hech qanday xujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 32 000 000 so`mlik, 180 dona bug`u shoxlari va 1 dona fil tishi borligi aniqlandi.
️Ma`lumot uchun Fil barcha turlari va uning tana a`zolari Halqaro tabiatni muhofoza qilish ittifoqining Qizil ruyhatiga kiritilgan.






