Sohada qo`shimcha ishchi resurslariga ehtiyoj 50 ming nafarni tashkil etadi.
Respublikaning 16 ta professional ta`lim muassasalarida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati bo`yicha mutaxassislar tayyorlayotgan kasb-hunar maktablari va kollejlar bilan hamkorlikda 2026 yilga qadar 40 ming nafar o`rta-maxsus ma`lumotli mutaxassis va ishchi tayyorlanishiga erishiladi.
Tarmoqda kamida besh yil ish stajiga ega bo`lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta`lim shakliga suhbat natijalariga ko`ra tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilishda har yili 100 tagacha o`rin ajratilmoqda.
Uyushma O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-Yurt umidi” jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi “IT Center” Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining malaka oshirish markazi, Toshkent shahridagiTurin politexnika universiteti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bilan o`zaro hamkorlik yo`lga qo`yilgan.
“O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2019/2020 o`quv yili uchun 82 nafar, 2020/2021 o`quv yili uchun 48 nafar, 2021/2022 o`quv yili uchun 10 nafar, 2022/2023 o`quv yili uchun 22 nafar xodimlarga jami 162 ta tegishli tavsiyanomalar berildi hamda ular oliy ta`lim muassasaslariga o`qishga qabul qilindi.






