1

Yo`talga qarshi 11 chora

Salomatlik 04.10.2016, 14:37
Teglar: Salomatlik
Yo`talga qarshi 11 chora

Banan

Yaxshi pishgan ikkita bananni qirg`ichdan o`tkazing. Kastryulkaga solib, 1 stakan qaynoq suv quying. 1 choy qoshiq shakar solib, yaxshilab aralashtiring va isiting. Aralashmadan kuniga 2 marta — ertalab va kechqurun iste`mol qilinadi.

Zanjabil (imbir)

2 osh qoshiq ko`k choy ustidan 2 stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa damlab quying. Dokadan o`tkazib, kastryulkaga quying. Zanjabil ildizini (3-4 sm.li) qirg`ichdan o`tkazib qo`shing. Keyin 2 dona kardamon, 2 ta qalampirmunchoq va bir chimdim dolchin solib, qaynatib oling. Olovni pasaytirib, yana 10 daqiqa qaynating. Tayyor qaynatmaning ustiga chorakta limonning suvi, 2-4 choy qoshiq asal qo`shib aralashtiring. 5 daqiqadan so`ng olovdan olib, qopqog`i yopiq holda 15-20 daqiqa tindirib quying. Ta`bga ko`ra yalpiz ham qo`shish mumkin. Kuniga 2 marta 1 stakandan iching.

Kartoshka

Kartoshkani po`sti bilan qaynatib pishirib olib, yog`och hovonchada tuying. 1 osh qoshiq o`simlik yog`i va 3 tomchi yod qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani mato ustiga yoyib, ko`kragingizdan to tomoqqacha qo`ying-da, ustingizdan jun ko`rpa yopib yoting. Kartoshka sovigach, olib tashlaysiz. Muolajani uyqudan oldin amalga oshirgan ma`qul.

Piyoz sharbati

Piyozni mayda to`g`rab, ustidan shakar sepib qo`ying. Bir necha daqiqaga iliq joyga qo`ying. Hosil bo`lgan sharbat kuniga 3-5 marta 1 osh qoshiqdan ovqatlangandan so`ng iste`mol qilinadi. Shuningdek, piyozni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazish, teng miqdordagi asal yoki shakar bilan aralashtirish, ajralib chiqqan suyuqlikni qaynatib, dokadan o`tkazib olish ham mumkin.

Sut va mineral suv

Yarim stakan qaynoq sut ustiga yarim stakan ishqorli mineral suv quyib, iliq holda kuniga 3 marta ichiladi.

Sut, soda va asal

Bir stakan iliq sutga 1-2 choy qoshiq asal va 1 chimdim iste`mol sodasi qo`shing. Qaynatmadan iliq holda kuniga 2 marta ichiladi.

Qora turp

Kattaroq turpning o`rtasini o`yib, chuqurchani asal bilan to`ldiring. Ma`lum muddat o`tgach, chuqurcha turp suvi bilan to`ladi. Bu sharbatni 4 soat tindirib qo`ying. Sharbatni kuniga bir necha marta 1 osh qoshiqdan iching.

Sariyog`

2 osh qoshiq sariyog`ni 2 dona tuxum sarig`i, 1 choy qoshiq bug`doy uni va 2 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Kuniga 5-6 marta 1 choy qoshiqdan iste`mol qilinadi.

Xurmo

Quruq yo`tal va ovoz xirillashi bezovta qilganda 10 ta quritilgan xurmo ustiga 2 stakan suv quyib, past olovda 30 daqiqa qaynating. Qaynatma issiqligida ichiladi.

Anjir

2-3 dona quritilgan anjirni bir stakan sutda qaynating. Qaynatmani iliq holda uyqudan oldin iching.

Karam

Karam yaproqlarini yumshagunicha qaynating. Suvdan olgach, bir tomoniga asal surting. Biroz issiqroq yaproqlarni ko`krak qafasiga qo`yib (faqat yurak sohasiga yaqin bo`lmasin!), ustidan polietilen plyonka yoping. Keyin sochiq va jun ko`rpa bilan o`rang. Yaproqlar soviguncha tursin. Muolajani uyquga yotishdan avval amalga oshiring.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1