AsosiyJamiyat

Anonim shaxslar jurnalist va blogerlar orqali prokuratura xodimlarini obro`sizlantirishga urinayotgani aytildi

'Anonim shaxslar jurnalist va blogerlar orqali prokuratura xodimlarini obro`sizlantirishga urinayotgani aytildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda yirik internet nashrlari va blogerlarga mavhum sahifa (profil) lardan anonim shaxslar murojaat qilib, ular orqali prokuratura organlari xodimlari hamda prokuratura tizimini obro`sizlantirish va qoralashga qaratilgan feyk xabarlarni yoritish bo`yicha urinishlar kuzatilayotgani aytildi. Bu haqda moqda. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma`lum qildi. 

Bosh prokurorning matbuot kotibi O`zbekiston qonunchiligida yolg`on va noto`g`ri axborotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi.

"Shu bilan birga, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida anonim murojaatlar ko`rib chiqilmasligi qat`iyan qayd etilgan",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar