AsosiyJamiyat

Bugun ham respublikaning ba`zi hududlarida yomg`irli ob-havo kuzatiladi

'Bugun ham respublikaning ba`zi hududlarida yomg`irli ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha Farg`ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar