Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi. Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun soat 11:10 da “Toshkent – O`sh” xalqaro avtomobil yo`lining Qamchiq dovoniga o`tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta engil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. To`qnashuv natijasida lak-bo`yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong`in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga etib borib, 25 daqiqa ichida yong`inni o`chirishdi. O`chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan.
Soat 12:30da transport harakati tiklandi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTH oqibatida 6 kishi jabrlangan.