AsosiySog'lik

Choyxo`rlarga 10 taqiq

Och qoringa choy ichish mumkinmas. Ayniqsa, oshqozon xastaliklaridan aziyat chekuvchila...

  1. Och qoringa choy ichish mumkinmas. Ayniqsa, oshqozon xastaliklaridan aziyat chekuvchilarda kasalliklarning tuzalishi kechikadi.
  2. Qaynoq choy tomog`ingizni, qizilo`ngach va oshqozonni kuydirishi va bu a`zolarga xos kasalliklarning kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkin.
  3. Sovuq choy. Aslida choy kishiga tetiklik baxsh etib, uning miya faoliyatini faollashtirishi kerak. Ammo bu ichimlikning me`yordan ortiq sovuqligi sizni battar lanj qilib, ko`proq ter yig`ilishiga sabab bo`ladi.
  4. Achchiq choyda  kofein va tanin moddalari yuqori darajada bo`lishini unutmang.
  5. Uzoq vaqt turib qolgan choy. Bu ichimlik tarkibida polifenol va efir yog`lari oksidlanishni boshlaydi, uning rangi va ta`mi ham o`zgaradi, ozuqaviy qiymati kamayadi. Eng yomoni, o`zi bilan birga organizmga mikroblarni ham olib kirishi mumkin.
  6. Quruq choy shamasini qayta-qayta damlash. har gal choydan foydalanganda uning foydasi kamayaveradi, 50%, 30%, 10% ko`rsatkich darajasida.
  7. Ovqatdan avval choy ichmang. Yaxshisi, 20-30 daqiqa oldin choyxo`rlik qiling.
  8. Kechki choyxo`rlikdan voz keching. Uxlashdan oldin ichilgan choy ekzema, til yarasi, milklar qonashi, tomoq og`rig`i kabilarga sabab bo`lishi mumkin. 

Boshqa yangiliklar