AsosiyJamiyat

Samarqandda 18 yoshli kelin o`zini o`zi osib qo`ydi

'Samarqandda 18 yoshli kelin o`zini o`zi osib qo`ydi'ning rasmi

2023 yilning 3 mart kuni Urgut tumani "Tersak" mahallasida yashovchi 2004 yilda tug`ilgan A.S. shu mahallada joylashgan ota-onasining yashash xonadonining yordamchi xo`jalik xonasida noma`lum sabablarga ko`ra o`z joniga qasd qilib, arqon yordamida bo`yin sohasidan osgan. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi. 

Natijada, qiz voqea joyida vafot etgan.

Marhumaning o`limi sabablarini aniqlash maqsadida shu kuni sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasida, S.A.ning o`limi osilishda bo`yin a`zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi ko`rsatilgan.

Shu bilan birga marhuma S.A.ning turmush o`rtog`i S.S. tomonidan o`z uyali telefonida saqlangan behayo Telegeram-kanaliga joylashgan marhuma turmush o`rtog`ining fotosuratini taqdim etgan.

Mazkur fotosurat ko`zdan kechirilganda, qayd etilgan kanal nomlanishidan behayolik va odobsizlikdan dalolat bersa-da, fotosuratdagi qizlarning kiyim-kechagi mavjud bo`lib, obro`sizlantirish, kamsitish yoki axloq-odob normalariga zid keluvchi belgilar mavjud emasligi hamda fotosurat ostida biron yozuv, izoh yoki havolalar mavjudligi aniqlanmagan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, biron bir kishining harakatida jinoyat tarkibi va jinoiy hodisa aniqlanmaganligi bois, 1 aprel kuni jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar