AsosiyJamiyat

Toshkentning to`rtta tumani aholisi uch kun ichimlik suvisiz qoldiriladi

'Toshkentning to`rtta tumani aholisi uch kun ichimlik suvisiz qoldiriladi'ning rasmi

Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o`tuvchi Bobur ko`chasidagi ko`prikning ta`mirlanishi rejalashtirilgan. Shu sababli quyidagi manzillarda 2023 yil 10 aprel soat 9:00 dan 12 aprel soat 9:00 gacha ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ xabar berdi.

Sergeli tumani:

Jun ariq, No`g`oyqo`rg`on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, Sug`diyona, Qumariq, Oltin Vodiy, Uchuvchilar, Bunyodobod mahallalarida;

Yangihayot tumani:

Viqor, Al-Farg`oniy, Chorbog`, Yo`ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli, Toshkent mahallalarida;

Yakkasaroy tumani:

Boshliq, Qushbegi mahallalarida, Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qaxxor ko`chalarida;

Mirobod tumani:

Temiryo`lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.

    Boshqa yangiliklar