9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tug`ilgan kun. Bugun buyuk sohibqiron, adolat va qudrat sohibi Amir Temur tavalludiga 687 yil to`ldi.
Shu munosabat bilan bugun, 2023 yil 9 aprel kuni soat 09:30da Amir Temur xiyobonida katta tadbir o`tkaziladi. Sohibqiron haykali poyiga gul qo`yiladi.
Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi barchani ushbu marosimga taklif etadi.