AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 76 yoshli chol "Telegram"dagi tovlamachiligi uchun qo`lga tushdi

'Qashqadaryoda 76 yoshli chol "Telegram"dagi tovlamachiligi uchun qo`lga tushdi'ning rasmi

U 38 yoshli ayolni sharmanda qiluvchi soxta foto va video tasvirlar tayyorlab, ularni tarqatgan va ularni o`chirib tashlash evaziga katta pul talab qilgan.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi 38 yoshli B.U. ariza bilan murojaat qilib, o`ziga tanish bo`lgan M.R. uni sharmanda qiluvchi soxta foto va video tasvirlar tayyorlab, ularni “Telegram” messenjeridagi kanallarda tarqatganligini va ularni o`chirib tashlash evaziga 8.000.000 so`m pul talab qilayotganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.  

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi 38 yoshli M.R., Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi 76 yoshli fuqaro N.S. bilan birgalikda sodir etilganligi aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan M.R. va N.S.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qonunga muvofiq, M.R. va N.S. lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar