AsosiyJamiyat

“Narkologiyada ro`yxatda turgan” (video)

'“Narkologiyada ro`yxatda turgan” (video)'ning rasmi

Toshkentda ayol va uning sakkiz oylik chaqalog`i vafot etgani haqida xabar berilgan edi. “Zamon” dasturida mazkur holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar berildi.  

 

Ma`lum qilinishicha, ayol qizlik uyida ikki nafar farzandi bilan yashagan. O`sha kuni ayol dugonalari bilan uchrashib, soat 18:00 larda qaytgan.  

Marhumaning yaqinlaridan birining so`zlariga ko`ra, gaz mo`ridan ko`tarilib uyga kirgan, uxlab qolgan ayol buni bilmagan. Singlisi to`ng`ich o`g`lini yoniga olib kirganida uyg`onmagan. Oila a`zolari boshqa xonada bo`lgani uchun ularga zarar etmagan.  

Tez yordam xodimlari etib borganda marhumaning joni uzilganiga taxminan uch soat bo`lgan.  

"Bu erga 21:30 da etib keldik. Uyning podvaliga tushsak, ona-bola jonsiz yotgan holatiga duch keldik. Tiriklik belgilari yo`q. Onada ham bolada ham tiriklik belgilari yo`q edi. Ayolning yaqin kishisi ukasi ekan. Undan surishtirganimizda opasi besh yildan buyon narkologiyada ro`yxatda turar ekan. Biz kirganimizda eshiklar ochiq edi. Is gazini sezmadik. Bunaqa holatda og`iz atrofidan ko`piklar kelib turishi mumkin. Lekin biz unday holatlarni sezmadik”, — deydi xodim.

Shahar FVB hozirda holat yuzasidan ma`lumot bera olmasligi, holatga ovqatdan zaharlanish sabab bo`lgan bo`lishi ham mumkinligi aytib o`tildi. Shu mazmundagi murojaat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo`limlariga kelib tushmagan. Bu kabi taxminlar hech qanday asosga ega emas.  

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar