AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi yangi qurilayotgan "dom"lardan birida yong`in chiqdi (video)

'Toshkent shahridagi yangi qurilayotgan "dom"lardan birida yong`in chiqdi (video)'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi qurilish ishlari olib borilayotgan binolardan birida yong`in bo`layotgani aks etgan video tarqaldi.

Holat bo`yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 8-aprel kuni soat 16:41 da Sergeli tumani “Eski Bobur” MFY Yangi Sergeli ko`chasida qurilayotgan yangi 10 qavatli uyda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:46 da etib borgan.

Ma`lum bo`lishicha binoning 1 qavatida bochka ichida bitum (saqich) mahsulotini eritish ishlari amalga oshirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar