13 aprel kuni shimol, janub viloyatlari bilan bir qatorda Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduz kuni havo harorati +37 darajagacha ko`tariladi. 14 aprel kuni vodiy va Toshkent viloyatlarida ham harorat +37 darajagacha ko`tariladi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar qilmoqda. Hududlar kechimida ob-havo quyidagicha:
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, 12-13 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. 14 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°, 13 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 32-37°, 14 aprelda kechasi
13-18°, kunduzi 20-25°bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°, 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 32-37°, 14 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 32-37°bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 27-32°, 14 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, ba`zi joylarda 37°gachabo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°, 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 32-37°, 14 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 22-27°, 13 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 25-30°, 14 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 32-37°bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12 aprelda 12-17°, 13-14 aprelda 20-25° gacha ko`tariladi.






