AsosiyJinoyat

Surxondaryoda "GAI" xodimi 800 AQSh dollari bilan ushlandi

'Surxondaryoda "GAI" xodimi 800 AQSh dollari bilan ushlandi'ning rasmi

Surxondaryoning Uzun tumanida Yo`l harakati xavfsizligi xizmati inspektori 800 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, inspektor Sh.A. "Gentra" oynalarini maxsus ruxsatnomasiz qoraytirib olgan haydovchidan holat bo`yicha hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga 800 AQSh dollar olayotgan paytda qo`lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. 

Eslatibyu o`tamiz, sal avval Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarmalarining ikki nafar mansabdori pora olayotgan vaqtda, Izboskan tumani hokimining investisiya sanoat va savdo yo`nalishi bo`yicha o`rinbosari esa 500 AQSh dollari olayotgan vaqtda qo`lga olingani xabar qilingan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar