Ijtimoiy tarmoqlarda yo`lovchi poezdlarining chiptalari chayqovchilar qo`liga chiqib ketgani bois kassalardan topib bo`lmayotgani aytilmoqda.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ ushbu murojaatlarga rasmiy munosabat berildirdi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonda an`anaviy tarzda nishonlanadigan bayramlar, qishki ta`til, qolaversa sayyohlik mavsumi mobaynida temiryo`l transportiga bo`lgan talabni ortishiga sabab bo`lmoqda.
Temir yo`l transporti xavfsiz va ishonchliligi bois, yo`lovchilar jo`nash muddatidan 1 oy va undan ham oldinroq chiptalarni xarid qilishmoqda. Shu bois, bayramlar arafasida chiptalar etishmasligi ko`pchilikda noto`g`ri tushuncha uyg`otmoqda.
Ushbu muammoni bartaraf etish uchun "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ tomonidan imkoniyatdan kelib chiqib, qo`shimcha yo`lovchi poezdlar, qo`shimcha vagonlar ham qo`yib kelinmoqda.
Kopaniya munosabatiga ko`ra, bugungi kunda poezd chiptalarini chayqovchilar umuman olib sota olmaydi. Chunki chiptalar yo`lovchiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida yozib beriladi va temir yo`l vokzallariga kirishda yo`lovchilarning chiptalari zamonaviy uskunalar bilan tekshiriladi.
"Hozirda har kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta "Afrosiyob" poezdining 12 ta qatnovi amalga oshirilmoqda. Respublikamizning barcha hududlariga esa 30 ga yaqin yo`lovchi poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilgan. Temir yo`l transporti orqali bir sutkada 25 000 dan ziyod yo`lovchi o`z manziliga etkazib qo`yilmoqda.
Yo`lovchilarga chipta xarid qilishda qulayliklar yaratish maqsadida chiptalarning elektron tarzda sotuvi yo`lga qo`yildi.
Chiptalarni 𝘂𝘇𝗿𝗮𝗶𝗹𝘄𝗮𝘆𝘁𝗶𝗰𝗸𝗲𝘁𝘀 ilovasi hamda 𝗰𝗵𝗶𝗽𝘁𝗮.𝗿𝗮𝗶𝗹𝘄𝗮𝘆.𝘂𝘇 sayti orqali 45 kun oldindan yo`lovchilllllar xarid qilib olishlari mumkin", - deyiladi munosabatda.