Toshkent viloyatining ma`muriy markazi bo`lmish Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliev shahar kengashining qarori bilan o`tgan hafta lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
Ayni vaqtda uning o`rniga vazifasini bajaruvchi qo`yilgan. Bu haqdagi ma`lumotni Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov tasdiqladi, deb yoziladi xabarda.
Sayt manbasiga ko`ra, sobiq hokim ayni damda tergovga jalb etilgan bo`lishi mumkin. Bunga sabab uning uy-joy kommunal xo`jalik vaziri lavozimida ishlab kelgan davri bilan bog`liq ekani aytilmoqda. Bosh prokuratura bu haqda ma`lumotga ega emasligini bildirdi.
Ma`lumot uchun: Saliev Muzaffar 2017 yilda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri etib tayinlangan. 2021 yil 5 yanvar kungi Prezident farmoni bilan Uy-joy kommunal xo`jalik vaziri Muzaffar Soliev ishda yo`l qo`ygan xato-kamchiliklari, berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqarmagani uchun lavozimidan ozod qilingan.
2021 yil 15 yanvarda esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlagan.






