Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Angren shahar “Dehqon bozori” oldida “Nexia” rusumli avtotransport vositasi yo`lovchisi A.S. (muqaddam sudlangan) jami 13 dona 100 ming so`mlik qalbaki pullarni o`tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






