AsosiyJamiyat

Farg`onada kelinning boshini uzib, daraxtga ilib qo`ygan qaynotaga sud hukmi o`qildi

'Farg`onada kelinning boshini uzib, daraxtga ilib qo`ygan qaynotaga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Farg`ona viloyatidagi tumanlarning birida 64 yoshli qaynota kelinini avvaliga urib hushidan ketkazgani, so`ngra uning boshini uzib olgani haqida xabar bergan edik. Mazkur qaynotaga nisbatan sud hukmi o`qildi. 

Xabarga ko`ra, mazkur voqea 2022 yil 1 oktyabr kuni Qo`shtepa tumani, “Qumdon” mahalla fuqarolar yig`inidagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan. Ish hujjatlarida aytilishicha, 1958 yil tumanning mazkur mahallasida tug`ilgan ayblanuvchi kenja farzandining xotini bilan o`zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida qaynota tomonidan qattiq zarb bilan urilgan kelin hushini yo`qotib erga yiqilgan. 

Ayblanuvchi uyda hech kim yo`qligidan foydalanib, kelinini Matiz`ning orqa o`rindig`iga yuklab, uni Farg`ona tumani, Oqbuloq qishlog`idagi adirlikka olib borgan. Shundan so`ng oshxona pichog`i bilan hushsiz kelinining bosh qismini tanasidan butkul ajratib olgan. Bosh qismini qora sellofan paketga solib, Oltiariq tumani “Fayzobod” MFYdagi yo`l chetida joylashgan archa daraxti orasiga ilib ketgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, marhuma og`ir tan jarohati olgani va ko`p qon yo`qotgani oqibatida vafot etgan. 

Holat jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shtepa tuman sudi tomonidan ko`rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o`qildi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 134-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi. Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismiga asosan tayinlangan jazoni qisman qo`shilib, 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar