O`zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 600 000 dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o`g`irlangani aytilmoqda.
Malika Ahmedovaning aytishicha, ota-onasidan meros bo`lib qolgan tilla taqinchoqlar, brilliant va boshqa qimmatbaho toshlarni o`tgan yilning 28 dekabr kuni uyiga o`g`ri tushib, o`g`irlab ketgan.
O`g`rilar tezda topilgan. Lekin qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. Ularning umumiy qiymati 600 ming dollarga baholangan.
Xalq artisti bu uyushtirilganidan gumonini bildirgan. Chunki o`g`rilar Navoiydagi qamoqxonadan chiqqanidan uch-to`rt kun o`tib Toshkentga kelgan va Malika Ahmedovaning uyini tunab ketishgan.
Tergovchilar o`g`rilar bilmasdan qimmatbaho taqinchoqlarni 250 ming so`mga sotib yuborishganini aytishgan. Jabrlanuvchi ushbu so`zlarga ishonmayotganini aytmoqda.