Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand tumanidagi maktablarning biridagi hojatxonaga kamera o`rnatilgani haqidagi xabarga viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
O`rganishlar davomida maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari R.Sh. o`g`il bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotganligi sababli, ularni tartibga chaqirish uchun yaroqsiz kamera o`rnatganligi aniqlangan.
Ushbu kamera yaroqsiz bo`lib, tarmoqqa ulanmagan, o`rganishlardan so`ng uskuna olib tashlangan.
Bu ishni qilgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari R.Sh. ga nisbatan O`zbekiston Respublika Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.
Eslatib o`tamiz, Qo`qon pedagogika instituti talabalar (qizlar) yotoqxonasi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi o`rnatilgani aniqlangan edi.






