AsosiyJamiyat

Jahon banki O`zbekistonga pensiya yoshini 65 ga oshirishni tavsiya qildi

'Jahon banki O`zbekistonga pensiya yoshini 65 ga oshirishni tavsiya qildi'ning rasmi

Jahon banki ekspertlarining qayd etishicha, pensiya yoshini oshirish pensiya tizimi va davlat moliyaviy barqarorligini ta`minlashga yordam beradi.

Tavsiyalar Jahon bankining “O`zbekistonda davlat xarajatlarini ko`rib chiqish: inson kapitali va suv infratuzilmasiga sarflangan mablag`lar samaradorligini oshirish” hisobotida keltirilgan.

Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatdagi demografik o`zgarishlar va keksalar sonining ko`payishi pensiya tizimiga bosim o`tkazmoqda va shu sababli uni isloh qilish zarurati tug`iladi.

“O`zbekiston sobiq Sovet Ittifoqidagi  pensiya yoshi ayollar uchun 55, erkaklar uchun 60 yoshni tashkil etadigan yagona respublika bo`lib qolmoqda. 1990 yillardagi o`tish davri islohotlarida ko`plab mamlakatlar pensiya yoshini 2-3 yilga oshirdilar. 2000 yillarning ikkinchi o`n yilligida o`sishning ikkinchi to`lqini boshlandi, chunki mamlakatlar uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan pensiya yoshidagi islohotlarni boshladilar (Ukraina, Belarusiya, Rossiya). Ilgari pensiya yoshini oshirgan mamlakatlar ushbu bosqichda ayollar va erkaklarning pensiya yoshini bosqichma-bosqich tenglashtirishga alohida e`tibor qaratdilar (Ozarbayjon, Armaniston, Moldova, Litva, Qozog`iston). Estoniya, Latviya, Litva va Ozarbayjonda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 65 yoshga ko`tariladi”, — deyiladi hisobotda.

Pandemiya va yuqori ishsizlik davrida pensiya yoshini oshirishni boshlash maqsadga muvofiq emasligi ta`kidlangan. Biroq, qaror qabul qilingan paytdan boshlab uni amalga oshirish boshlanishigacha, pensiya yoshidagi xodimlarga o`zlarining hayot rejalarini o`zgartirishlari uchun moslashish uchun vaqt berish tavsiya etiladi.

Jahon banki ekspertlari 2025 yildan boshlab pensiya yoshini sekin (yiliga 3-4 oy) 65 yoshga oshirishni nazarda tutuvchi 2021-2030 yillarga mo`ljallangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida qaror qabul qilish eng yaxshi variant bo`lishini qayd etishgan. 

 

    Boshqa yangiliklar