AsosiyJamiyat

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo`rlagan mansabdorlar ishi Toshkentda ko`rib chiqiladi

'Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo`rlagan mansabdorlar ishi Toshkentda ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Avvalroq, Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgan edik. 

Oliy sud matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi Toshkent shahar sudida ko`rib chiqiladi

Xabarga ko`ra, Oliy sud jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasining 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati appelyasiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A.M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilgan. Ishni yangidan appelyasiya instansiyasi sudida ko`rish uchun yuborish to`g`risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassasiya tartibidagi protesti qanoatlantirilgan. Ushbu jinoyat ishi yangidan appelyasiya instansiya sudida ko`rish uchun yuborilishi belgilangan.

Jinoyat-prosessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga ko`ra o`tkazilishi) asosan ushbu jinoyat ishi appelyasiya tartibida yangidan ko`rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgani ma`lum qilindi. 

Qayd etilishicha, Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq, mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko`rib chiqilib, qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi.

    Boshqa yangiliklar