AsosiyJamiyat

Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha o`chiriladi

'Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

"Hududgaz Poytaxt"ning bergan xabarina ko`ra, Sergeli tumani “Jaloyir” MFY, Fayz ko`chasidan o`tgan er usti d-57mmli o`rta bosim gaz quvurini hamda “Xonobod” MFY, Xonobod ko`chasi 12-uy oldidan o`tgan gaz quvuri tartibga keltiriladi.

Shu tufayli 12 aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Shundan aholi va ulgurji iste`molchilari:

“Jaloyir” MFY, Fayz ko`chasida joylashgan 48 ta uy xo`jaliklarida hamda 1 ta ulgurji iste`molchilarida;

“Xonobod” MFY, Xonobod ko`chasida joylashgan jami 126 ta uy xo`jaliklarida va 1 ta ulgurji iste`molchilarida.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning “Erosti gaz quvurlari” xizmati Yunusobod tuman Azimtepa ko`chasidagi ChL “F.M.Mavlyanov” ob`ektida joylashgan o`rta bosimli d-76 mm bo`lgan erusti gaz taqsimlash punktini xavfsiz joyga ko`chiradi.

Shu tufayli 13 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Azimtepa ko`chasida joylashgan 50 ta uy xo`jaliklariga gaz etkazib berish vaqtinchalik to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar