AsosiyDunyo

"Bizga oqidan bering!" Turkmaniston Turkiyaning qizil rangli Togg elektromobilini "otkaz" qildi

'"Bizga oqidan bering!" Turkmaniston Turkiyaning qizil rangli Togg elektromobilini "otkaz" qildi'ning rasmi

Turkmaniston Turkiyadan oq rangli turk Togg elektromobillarini yuborishni so`radi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li Konyaalti shahridagi Togg ko`rgazma maydoniga tashrifi chog`ida aytib o`tdi, deb xabar bergan Turkiya prezidenti matbuot xizmati.

Chavusho`g`lining so`zlariga ko`ra, u Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Radish Meredov bilan telefonda gaplashgan va u oq rangli mashinalar jo`natishni so`ragan. Ma`lumot uchun: Turkmanistonda boshqa rangdagi avtomobillarni haydashga norasmiy taqiq bor.

“Agar Turkmaniston oq rangli mashinalarni xohlasa, biz bir oy ichida oq rangli mashinalar ishlab chiqaramiz va jo`natamiz. Hozir bizda qizil ranglar bor, ularni darhol yuborishimiz mumkin”, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o`tamiz, Togg T10X turk krossoverining seriyali ishlab chiqarilishi 2022 yil oktyabr oyida boshlangan. Sal avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on va uning rafiqasi birinchi ikkita qizil va ko`k rangli elektromobillarni oldi.

4 aprel kuni qizil rangli Togg T10X krossoveri Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievga topshirildi,10 aprel kuni O`zbekiston prezidentiga ham yuborilgani xabar qilindi. Shuningdek, Turkmanistonga ham yuborilayotgani aytilgan edi. 

T10X elektromobilining narxi variantga qarab 953 mingdan 1,215 million liragacha (49 – 63 ming dollar) o`zgarib turadi.

 

    Boshqa yangiliklar