AsosiyJamiyat

Kosonlik yigit 18 yoshida tug`ilganlik haqida guvohnoma oldi

'Kosonlik yigit 18 yoshida tug`ilganlik haqida guvohnoma oldi'ning rasmi

Koson tumani "Tinchlik" MFYda yashovchi fuqaro 18 yoshida tug`ilganligi haqidagi guvohnomaga ega bo`ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2005 yilda tug`ilgan Kosonlik Eldor O`roqovning bildirishicha, u e`tiborsizlik tufayli 18 yoshga kirgunga qadar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnomani ololmagan.

“Ota-onam shar`iy nikohda yashashgan menga guvohnoma olishda e`tiborsizlik qilishgani sabab maktabda ham muammolarga duch kelganman. Oradan yillar o`tdi, ulg`aydim. Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomam bo`lmagani uchun fuqaroligi yo`q odamlar qatorida edim. Bu yil Oliy ta`limga topshirmoqchiman harbiy bo`lish niyatidaman! Koson tuman FHDY bo`limiga murojaat qilganimda ular menga tug`ilganlik guvohnomamni olishda amaliy yordam berishdi ”, — deydi fuqaro Eldor O`roqov.

    Boshqa yangiliklar