AsosiyJamiyat

"Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartiradi"

'"Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartiradi"'ning rasmi

Joriy yilning 10 aprel kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “Iste`mol krediti to`g`risida”gi qonunga o`zgartish kiritildi. Bu haqda avval xabar bergan edik. 

Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudayarova Darakchi.uz'ga bergan intervyusida qabul qilingan yangi tartib haqida bafurja gapirdi.

Asosiy o`zgarishlar nimada?

Bungacha iste`mol kreditlari faqat mahalliy avtomobillar, maishiy texnika, tovarlar va xizmatlar uchun berilar edi. Endilikda esa, O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan mahsulot va xizmatlar uchun ham kredit ajratishga ruxsat berildi. Qonun bilan iste`mol tovarlar, xizmatlarni sotuvchi, ishlab chiqarish korxonasi yoki tashkilotini iste`mol krediti olgan iste`molchi to`g`risida oldinda yozma xabardor qilish tartibi ham bekor qilinadi.

Qonun qachondan kuchga kirdi?

Bundan tashqari avval jismoniy shaxslar boshqa fuqarolardan, masalan, ikkilamchi bozorda avtomashina sotib olish uchun iste`mol kredeti ololmagani bois o`z xizmatlari uchun komissiya olgani  uchinchi shaxs sifatida yuridik shaxsni bitimga kiritishga majbur bo`lardi. Endilikda esa, qonun bilan moliyaviy iste`mol krediti berish, iste`mol tovarlari, xizmatlarini ishlab chiqaruvchining yoki realizasiya qiluvchi subektning yuridik yoki jismoniy shaxsning bankdagi hisobvarag`iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag`larini o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy iste`mol kreditining naqt pulda berilishiga yo`l qo`yilmaydi. Qonun 11 apreldan e`tiboran kuchga kirdi.

"Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartiradi"

Markaziy bankning ma`lumotlariga ko`ra, keyingi uch yilda aholiga milliy valyutada ajratilgan kreditlardan maqsadi belgilanmagan kreditlar toifasiga kiruvchi mikro qarz 2020 yilda 5,8 trillion so`mni, 2021 yilda qariyb 1,7 barobarga o`sib, 9,9 trillion so`mni tashkil etgan. 2022 yilda esa 21,6 trillion so`mni tashkil etib, o`tgan yilga nisbatan o`sish surati 2,2 barobarga etdi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan tovarlar, xizmatlar, shuningdek, O`zbekistonga tashqaridan keltirilgan tovarlar xizmatlar uchun moliyaviy iste`mol kreditlarini berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o`zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi aholi iste`mol kreditlarini rasmiylashtirishda engilliklar yaratilishiga, mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko`lamining kengayishiga, undan tashqari raqobatbardoshlikni oshirishga, manapoliyaga qarshi kurashish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirilishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar