AsosiyJamiyat

Qidiruvda bo`lgan namanganlik pedofil qo`shnisining uyidagi erto`ladan topildi

'Qidiruvda bo`lgan namanganlik pedofil qo`shnisining uyidagi erto`ladan topildi'ning rasmi

11 aprel kuni Namangan shahri O`zbekiston ko`chasidagi xonadonda yashovchi 34 yoshli erkak voyaga etmagan qizni zo`rlab, qochib ketgani uchun qidirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

U joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog`ida voyaga etmagan qizni uyiga olib borib qo`yishini aytib aldab, noma`lum manzildagi xonadonga olib borib, zo`rlik ishlatib nomusiga tekkan. So`ng voqea joyidan qochib ketgan.

Ushbu holatlardan keyin Namangan viloyati IIB bu pedofilni topish uchun qidiruv e`lon qilgan. 

Voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan Sherzod Umarov joriy yilning 12 aprel kuni o`zi yashagan hudud ya`ni Namangan shahri "O`zbekiston" ko`chasida joylashgan yashash xonadonining erto`lasidan topilgan.
Hozirda ushbu shaxs qamoqqa olingan.  

Ma`lumot uchun, holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

IIVning ma`lum qilishicha, ushbu fuqaro muqaddam 5 marta sudlangan, ruhiy kasal hamda nihoyatda tajovuzkor.

    Boshqa yangiliklar