AsosiyJamiyat

Qo`shni davlatlar ishtirokida Afg`onistonni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

'Qo`shni davlatlar ishtirokida Afg`onistonni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

13 aprel kuni Samarqand shahrida O`zbekiston tomoni raisligida Afg`onistonga qo`shni davlatlar vazirlarining uchrashuvi boshlanganligini ma`lum qilgan edik.

Tadbirda O`zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegasiyalari ishtirok etdi.

Uchrashuvi yakunlari to`g`risida  ma`lumot berildi.

  •  Forum davomida tomonlar Afg`onistondagi mavjud vaziyat, ushbu mamlakatning amaldagi rasmiylari tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablari – inklyuziv hukumat yaratish, afg`onistonlik ayollarning mehnat va ta`lim olish imkoniyatini hamda milliy ozchiliklarning huquqlarini ta`minlash kabi asosiy talablarning bajarilishi muhokama qilindi.  

 

  • Afg`oniston xalqiga gumanitar yordam ko`rsatish va mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan birgalikdagi harakatlar mexanizmini ishlab chiqish zarurligi ta`kidlandi.  

 

  • Xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar ishlab chiqarish va ularning kontrabandasiga qarshi kurashda Afg`onistonga qo`shni davlatlarning chora-tadbirlarini kuchaytirish muhimligi ta`kidlandi.  

 

  • Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi mintaqaviy o`zaro bog`liqlikning asosiy omili sifatida Afg`oniston salohiyatini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish muhimligi qayd etildi.  

 

  • Afg`oniston hududida qo`shni davlatlar ishtirokida yangi ish o`rinlari yaratish, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga yanada faol integrasiyalashuvga xizmat qiluvchi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar. 

    Boshqa yangiliklar