Poytaxt Toshkentda atmosfera bosimi qariyib 1000 gPa ga pasayib ketdi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.
"Termogigrometrik koeffisent nuqtai nazardan, yuqoridagi muddat oralig`ida inson tanasi mavsum uchun birinchi "diskomfort" issiqlik hissiyot sharoitini qabul qildi" deyiladi xabarda.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, soat 14.00 va 17.00 muddatida poytaxt aholisi tanasi hattoki "issiq" bioiqlimiy sharoitni his qilgan.
"Havoda suv bug`i parsial bosimi 8-12 gPa oralig`ida o`zgardi, bu inson terisida "dimiqish" holatlari kuzatilishiga (18 gPa dan yuqorilasa bu hodisa ro`y beradi) olib kelmaydi, ammo atmosfera bosimining pasayishi va mavsum uchun birinchi "diskomfort" va "issiq" bioqlimiy sharoiti kishilarda xalovatsizlikni keltirib chiqardi" deb yoziladi.
14.04.2023 18:20
Toshkentda bugun atmosfera bosimi sezilarli pasayib ketdi






