AsosiyJamiyat

Farg`onada 3,5 milliard so`mlik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita MChJ “bellashdi”

'Farg`onada 3,5 milliard so`mlik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita MChJ “bellashdi”'ning rasmi

Yozyovon tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida ichki xo`jalik yo`llarida amalga oshiriladigan joriy ta`mirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish maqsadida 2023 yil 10 aprel kuni o`tkazilgan 3 mlrd 494 mln so`mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilishlariga yo`l qo`yilganligi aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot kotibi Durdona Ochidova xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu davlat xaridida O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to`qnashuvi), 23-moddasi ( Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) va 42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) talablariga amal qilinmagan.

Ya`ni, davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi 2 ta MChJning rahbari va ta`sischisi bir kishi ekanligi yaqqol ko`rinib turgan bo`lsa-da, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o`rganilmagan hamda holat bo`yicha tanlovni o`tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko`rilmagan.

Mazkur holatlar bo`yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to`g`risida Agentlik tomonidan 2023 yil 10 aprel kuni buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda qonuniy chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuborildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan Yozyovon tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023 yil 11 aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar