1

“Katta Langar Qur`oni” qachon, qaerda, kimlar tomonidan bitilgan?

Madaniyat 15.04.2023, 10:39
“Katta Langar Qur`oni” qachon, qaerda, kimlar tomonidan bitilgan?

Qur`oni Karimning Er yuzidagi eng mo``tabarnusxalardan biri “Katta Langar Qur`oni” nomi bilanataladigan, bugungi kunda sahifalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Qashqadaryoviloyatining Qamashi tumanida saqlanayotgan qo`lyozmadir.

Muqovasi XIV asrga tegishli

Mazkur qo`lyozma matni sayqallangan hayvon terisi —pergamentga bitilgan. Sahifalarning o`rtacha o`lchami52,5x34,0 sm.ni tashkil etgan. Matnlar arab alifbosiningeng qadimiy turlaridan bo`lgan kufiy-hijoziy xatidabitilgan. Sahifalarning ayrimlari juda yaxshi saqlangan, ba`zilariga, ayniqsa, sahifalarning burchaklariga jiddiyzarar etgan. Qo`lyozmaning charm muqovasi XIV asrgategishli. XVII asr o`rtalarida u qayta ta`mirlangan. Muqova hamda sahifalarni bir-biriga mustahkambiriktirish maqsadida arab tilidagi matnlar bitilganqog`ozlar yopishtirilgan. Ushbu matnlarning asosiy qisminibiroz dag`alroq shaklda, nasx va nasta`liq xatida bitilganQur`on oyatlari tashkil etadi.

Qo`lyozmaning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qismidaQur`oni Karimning 44 ta surasi oyatlari (shundan 22 tasito`liq) o`rin olgan. Dastxatdagi farqlarga qaraganda, buqo`lyozma ikkita kotib tomonidan ko`chirilgan. Kitobhajmining kattaligini hisobga olsak, uni teng ikkigabo`lgan holda ko`chirishgan deb taxmin qilish mumkin. Keyinchalik matnga qizil siyoh bilan tuzatishlarkiritilgan, o`chib ketgan so`zlar ham xuddi shu rangdagi bo`yoqbilan qayta tiklangan.

Nogtanish keksa ayoldan sotib olingan

Albatta, bu nodir qo`lyozma ancha payt mutaxassislar diqqatmarkazida bo`lib keldi. 1998 yilda professor E.A.RezvanSharq qo`lyozmalari institutida E 20 inventar raqamiostida saqlanayotgan mazkur qo`lyozma haqida xorijmatbuotida ingliz tilida “The Qur’an and its World” maqolasini e`lon qildi. Oradan bir necha oy o`tib, fransuz sharqshunosi Fransua Derosh Sankt-Peterburgga xat yo`llab, u bilan birga O`zbekistondagi Katta Langarqishlog`idan topilgan Qur`on sahifalari fotonusxalariniham yuboradi. Bu nusxalardagi yozuv turi va uslubiinstututda E 20 raqami ostida saqlanayotgan qo`lyozmanikibilan aynan bir xil edi.

Qo`lyozmaning bizgacha etib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi bugungi kunda Rossiya Fanlar akademiyasiningSankt-Peterburgdagi Sharq qo`lyozmalari institutidasaqlanadi. Ushbu kitobni chuqur tadqiq etgan rossiyalikolim, tarix fanlari doktori, professor Efim Anatolevich Rezvanning yozilishicha, ushbu qo`lyozmaningyaratilishi VIII asrning oxirgi choragida, arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to`g`ri keladi. Mashhur sharqshunos, akademik I.Yu.Krachkovskiy yozishicha, bu qo`lyozma 1936 yilda institut tomonidan notanish keksa ayoldan sotib olingan. Keyinchalik E.Rezvan ushbuqo`lyozmaning ayrim sahifalari Katta Langar qishlog`ida, shuningdek, Toshkent va Buxoroda ham saqlanishi haqidaxabar topadi.

Qaysi suralar yozilgan?

O`zbekistonda mazkur qo`lyozmaning jami 16 sahifasi mavjud bo`lib, shundan bittasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo`lyozmalari markazida, bittasi O`zbekiston Musulmonlari idorasida, ikkitasi Buxoro viloyat kutubxonasida, 12 varag`i Katta Langar qishlog`ida saqlanadi.

Sharqshunoslik institutida 11604 raqami ostidasaqlanayotgan sahifada “Baqara” surasining 26-61 oyatlariko`chirilgan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, qora saxtiyonjild bilan muqovalangan bu muborak sahifa Buxoro amirligining so`nggi qozikaloni Muhammad SharifjonMaxdum Sadri Ziyoning (1862-1932) shaxsiy kutubxonasidankeltirilgan. Mazkur institutda 2460 raqami ostidasaqlanayotgan Sadri Ziyo kutubxonasining katalogida mazkursahifa haqida ma`lumot berilgan bo`lib, unda sahifaningUchinchi Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) zamonasidako`chirilgan kitobga tegishli ekanini aytiladi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasidasaqlanayotgan yana ikkita sahifada “Qasas” surasining 35-81 oyatlari bitilgan bo`lib, dastlab Buxoroda 1860-1885 yillarda hukmronlik qilgan Amir Muzaffarning o`g`li, Hashmat taxallusi bilan she`rlar yozgan Muhammad Siddiq(1857-1927)ning kutubxonasida saqlangan.

Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog`ida saqlanayotgansahifalarning charm muqovasida muqovasozning ismi(Muhammad Nosir) hamda 1255 (1839-1840) sanasi yozilgan. Ushbu sahifalarda “Niso” va “An`om” suralariningparchalari o`rin olgan.

Umumiy hajmi 206 sahifa tashkil etgan

Ma`lumotlarga qaraganda, sahifalar uzoq vaqt davomida“Katta Langar shayxlari” deb nom olgan Ishqiya tariqatinamoyandalari tomonidan asrab kelingan. O`tgan asrningsaksoninchi yillari boshida O`zbekistonda diniy vamilliy qadriyatlarga qarshi kurash boshlangach, ushbuqo`lyozmaning ham katta qismi atayin yo`q qilingan yokiyashirilgan. Tegishli idoralarining ko`rsatmasiga binoanKatta Langar ziyoratgohidagi tarixiy buyumlar, qadimiyqo`lyozmalar ham musodara qilindi. Shunda qishloqfaollari tomonidan qo`lyozmaning 12 sahifasi asrabqolingan. Oradan o`n yil o`tib, mustaqillik yillaridaaynan o`sha muborak sahifalar yana Katta Langarziyoratgohiga qaytarildi.

Qo`lyozmaning yana bir sahifasi O`zbekiston musulmonlaridorasining kutubxonasida saqlanmoqda. Unda “Baqara” surasining 126-144 oyatlari yozilgan.

Ayni paytda besh joyda saqlanayotgan ushbu sahifalardaoyatlar bir-birini takrorlamasligi, dastxat, xomashyo, xat turi va matnga kiritilgan tuzatishlarning bir xilligiularning bir paytlar bitta qo`lyozma tarkibiy qismlaribo`lganidan dalolat beradi. Taxminlarga ko`ra, qo`lyozmaning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Bugungi kungacha ularning 97 sahifasi etib kelgan.

2000 yilning may oyida rossiyalik va gollandiyalikolimlarning izlanishlari natijasida, Groningen (Gollandiya) universiteti Izotop tadqiqotlari markazidamazkur qo`lyozma pergamentining namunalari zamonaviy texnikalar yordamida radiokarbon tahlilidan o`tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko`ra, ushbu qo`lyozma milodiy 775-995 yillar oralig`ida ko`chirilgan bo`lishi mumkinligihaqida xulosa berildi...

Ma’lumot uchun: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining bosh homiysi  Eriell Group neft-servis kompaniyasi ekanligini qayd etib o‘tamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1