AsosiyJamiyat

Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

Mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida maʼlum qilishdi.

'Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi'ning rasmi

Saxalin viloyatida jazo o'tayotgan bir guruh o'zbekistonlik mahbuslar jazoning qolgan qismini vatanda o'tash istagini bildirdi. Bu masala O'zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi xodimlarining xizmat safari davomida ko'rib chiqildi.

Diplomatlar 1-sonli jazoni ijro etish muassasasiga borib, u yerdagi 11 nafar O'zbekiston fuqarosi bilan uchrashdi. Ulardagi yashash sharoiti o'rganildi, shuningdek, zo'ravonlik yoki majburiy mehnat holatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Shu bilan birga, mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida ma'lum qilishdi. Diplomatlar esa O'zbekiston fuqarolarini bunday takliflar qonunga zid ekani va "yollanish" jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi haqida ogohlantirdi.

Mahbuslar jazoning qolgan qismini O'zbekistonda o'tash istagini bildirgan, biroq hozircha ikki davlat o'rtasida mahkumlarni o'zaro topshirish bo'yicha kelishuv mavjud emasligi ma'lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar

    '"Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:29

    "Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi

    Aviaqatnovlar bo'yicha yo'lovchilardan tushayotgan shikoyatlar soni o'tgan 4 oyi ichida 145 taga yetgan.

    'O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 17:55

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

    Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

    'Qozog`istonlik ishchiga bo`ri hujum qildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 12:35

    Qozog`istonlik ishchiga bo`ri hujum qildi

    Qozog`istonning Mangistau viloyatidagi neft ishlab chiqaruvc...

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 24-29 daraja atrofida bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 12:35

    Bugun O‘zbekistonda harorat 24-29 daraja atrofida bo‘ladi

    Surxondaryo viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

    '- Darakchi.uz'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 12:35

    'Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki Nexia va KamAZ ishtirokidagi to'qnashuvda bir kishi shifoxonaga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 09:51

    Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki Nexia va KamAZ ishtirokidagi to'qnashuvda bir kishi shifoxonaga tushdi

    Ko‘kdala tumanidagi avariya oqibatida avtomobillar vayron bo‘ldi, yuk mashinasi ag‘darilib ketdi