O'zbekistonda Qurbon hayiti namozi o'qilish vaqtlari e'lon qilindi. Mamlakatdagi jome masjidlarda Qurbon hayiti namozi 2026 yil 27 may, chorshanba kuni ado etiladi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridagi jome masjidlarda hayit namozi ertalab soat 05:10 da boshlanadi. Toshkent viloyatida ham namoz shu vaqtda o'qiladi.
Hududlar kesimida hayit namozi vaqtlari quyidagicha belgilangan:
– Andijon, Namangan va Farg'ona viloyati — 05:05;
– Sirdaryo va Jizzax — 05:20;
– Samarqand va Surxondaryo — 05:30;
– Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro — 05:35;
– Xorazm — 05:50;
– Qoraqalpog'iston Respublikasi — 05:55.
Musulmonlar idorasi ta'kidlashicha, namoz vaqtlari quyosh chiqqandan keyingi 15–20 daqiqalik farq inobatga olingan holda belgilab berilgan.






