AsosiySIYOSAT

Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish choralari kuchaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida suv fondi erlari hamda sel suvlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

'Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish choralari kuchaytiriladi'ning rasmi

Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishni oshirish, sel suvlarini yigʻish va suv infratuzilmasini iqtisodiy faol hududga aylantirish boʻyicha yangi chora-tadbirlar belgilandi.

Undа suv infratuzilmasini iqtisodiy faol hududga aylantirish, turizm va tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish, shuningdek suv resurslarini koʻpaytirish choralari muhokama qilindi.

Yigʻilishda qayd etilishicha, mamlakatda daryo va kanallarni betonlashtirish ishlari natijasida har yili 1,3 milliard kub metrgacha suv tejalmoqda. Bu esa suv tanqisligi sharoitida resurslardan oqilona foydalanish imkonini bermoqda.

Shu bilan birga, sel suvlarini yigʻish va ularni yoʻnaltirish orqali minglab gektar yerlarni qayta qishloq xoʻjaligi aylanmasiga kiritish mumkinligi taʼkidlandi. Mutaxassislar fikricha, bunday yondashuv suv zaxiralarini koʻpaytirish bilan bir qatorda, baliqchilik va boshqa suv xoʻjaligi yoʻnalishlarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Yigʻilishda suv omborlari va kanallar atrofida turizm obyektlari, xizmat koʻrsatish nuqtalari hamda tadbirkorlik loyihalarini tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Davlat rahbari suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, suv resurslarini tejash texnologiyalarini joriy qilish, sel suvlarini nazoratli toʻplash tizimini takomillashtirish hamda suv fondi yerlaridan daromadli foydalanish boʻyicha yangi loyihalar ishlab chiqilishi maʼlum qilindi.

    Boshqa yangiliklar