Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 12 aprel kuni Navoiyda maktabdagi janjaldan so`ng 17 yoshli o`quvchi bir dona ignani yutib, ketidan ko`p miqdorda dori ichgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, Xatirchi tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarining birida o`qiyotgan, voyaga etmagan S.A joriy yilning 7 aprel kuni soat 14:10 larda yashash hovlisida ko`p miqdorda dori iste`mol qilib, sog`lig`i yomonlashganligi sababli, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga olib kelingan.
Bemorning ahvoli og`irlashganligi uchun, u Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining “Jonlantirish” bo`limiga ko`chirilgan. Bugungi kunda bemor koma holatida bo`lib, shifokorlar tomonidan unga davo muolajalari olib borilmoqda.
Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko`zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.