15 aprel kuni Qirg`izistonda sodir bo`lgan zilzila kuchi Andijon viloyatida sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Toshkent vaqti bilan 14:49 da (15.04.2023 yil, Grinvich bo`yicha 09:49 da) Qirg`izistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 40,87 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 320 km janubi-sharqda. O`zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Xonobod shahrida 3 ball, 8 km.
- Qo`rg`ontepa tumanida 2−3 ball, 16 km.






