Toshkent metropolitening ma`lum qilinishicha, metro erusti halqa yo`lining II bosqichidagi Qo`yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo`lgan 5 ta metro bekatida poezdlarning sinov tariqasidagi harakati o`z yakuniga etkazilmoqda.
Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o`zaro bog`lash maqsadida joriy yilning 19 aprel sanasida erusti halqa yo`lining 7-bekatida (Qo`yliq) poezdlar harakati to`xtatiladi.
Shu kunda poezdlar harakati "Do`stlik-2"—"6-bekat" oralig`ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo`lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo`shimcha avtobuslar harakati yo`lga qo`yiladi.






