Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, Farg`na vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg`ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15°, shimolda 7-12° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
17.04.2023 08:05
Bugun havo harorati 15 darajagacha pasayadi






