Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o`tuvchi Bobur ko`chasidagi ko`prikning ta`mirlanishida ichimlik suv tarmog`ini ko`chirib o`tkazish jarayoni sabab ayrim manzillar 10–12 aprel kunlari suvsiz qolishi to`g`risida xabar berilgandi. “Toshkent shahar suv ta`minoti”ning ma`lum qilishicha, texnik sabablarga ko`ra mazkur rejalashtirilgan ishlar 17–19 aprel kunlariga qoldirilgan. Shu munosabat bilan poytaxtning to`rt tumanida ichimlik suvi ikki kunga o`chirilishi e`lon qilindi.
Qayd etilishicha, quyidagi tumanlarda 17 apreldan ichimlik suvi o`chiriladi:
Sergeli tumani
- “Jun”, “No`g`oyqo`rg`on”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut-baraka”, “Sug`diyona”, “Qumariq”, “Oltin vodiy”, “Uchuvchilar”, “Bunyodobod” mahallalarida.
Yangihayot tumani
- “Viqor”, “Al-Farg`oniy”, “Chorbog`”, “Yo`ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli”, “Toshkent” mahallalarida.
Yakkasaroy tumani
- “Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida. Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor ko`chalarida.
Mirobod tumani
- “Temiryo`lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.
Ichimlik suvi to`xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv etkazib beriladi.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ta`mirlash va u bilan bog`liq sovuq suv ta`minotidagi o`chirish ishlari tufayli “Toshkent issiqlik elektr markazi” ham uskunalarining ishlashini 2 kunga to`xtatyapti. Issiq suv ta`minoti to`xtatiladigan manzillar ro`yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.






