AsosiyJamiyat

O`zbekistondan sovuq havo qachon chekinishi ma`lum qilindi

'O`zbekistondan sovuq havo qachon chekinishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Qayd etilishicha, bugun va ertaga O`zbekiston hududining katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi ehtimoli bor. Cho`l hududlarda va Farg`ona vodiysida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 12-15 daraja, respublika shimolida 7-12 daraja iliq atrofida bo`ladi. Kechasi harorat 2-7 daraja iliqgacha, shimolda ba`zi joylarda 3 daraja sovuqgacha pasayadi.

19 apreldan boshlab antisiklon respublika hududidan chekina boshlaydi va ish haftasining oxirigacha O`zbekiston bo`yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko`tariladi va 21 aprelga kelib kechasi 4-9 daraja iliqni, kunduzi 20-25 darajani tashkil etadi.

Bugun sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bugun va hafta davomida poytaxtda: yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga havo harorati 12-15 daraja atrofida bo`ladi. Dushanbadan seshanbaga o`tar kechasi harorat 2-4 daraja iliqgacha pasayadi.

19 apreldan ish haftasining oxirigacha kechalari harorat 4-7 daraja iliq atrofida bo`ladi, kunduzi asta-sekin ko`tariladi va juma kuniga kelib harorat 20-23 darajagacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar