AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ichki yo`llarni ta`mirlash bo`yicha "Mening yo`lim" loyihasiga start berildi

'O`zbekistonda ichki yo`llarni ta`mirlash bo`yicha "Mening yo`lim" loyihasiga start berildi'ning rasmi

17 apreldan “Ochiq byudjet” portalida “Mening yo`lim” loyihasiga taklif qoldirish boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, “Mening yo`lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd so`mdan ortiq mablag`lar ajratilishi belgilangan.

Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27 aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayonlari 28 apreldan 7 may kuniga qadar o`tkaziladi.

Loyihada taklif qoldirish uchun:

- Ochiq byudjet portaliga kiring;

- O`ng tomondagi “Kirish” tugmasini bosgan holda shaxsiy kabinetingizga kiring;

- “Qo`shish” tugmasini bosib, “Mening yo`lim” bo`limini tanlang;

- Taklif qoldirmoqchi bo`lgan viloyatingiz, tuman/shahar, MFY va ko`chani tanlang;

- Bunda siz taklif kiritilayotgan yo`lning fotosuratini ham yuklashingiz mumkin;

- “Qo`shish” tugmasini bosing.

“Mening yo`lim” loyihasi tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash uchun rejalashtirilgan mablag`larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo`naltirilishini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar