AsosiyJamiyat

Harbiy prokuratura pora bilan qo`lga tushgan Mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i bo`yicha bayonot berdi

'Harbiy prokuratura pora bilan qo`lga tushgan Mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahridagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i fuqaroga noqonuniy ravishda harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga o`z xizmat avtomashinasida undan 600 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan tuman mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i X.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Toshkent harbiy prokuraturasining bayonot berishicha, hozirda ushbu jinoyat ishi yuzasidan  dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

Tergov jarayoni Respublika Harbiy prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar