Belgilanmagan joyga tamaki qoldig`ini tashlagan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
Mashinasida belgilanmagan joyga tamaki qoldig`ini tashlab ketgan haydovchi 1958 yilda tug`ilgan fuqaro E.D. ekanligi ma`lum bo`lgan. Holat yuzasidan MJtKning 91-moddasi, 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Belgilanmagan joyga tamaki qoldig`ini tashlaganlar ma`muriy javobgarlikka tortilishini unutmang!






