AsosiyJamiyat

Namangan davlat universitetida “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tanlov o`tkazilgani rad etildi

'Namangan davlat universitetida “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tanlov o`tkazilgani rad etildi'ning rasmi

Namangan davlat universitetida "Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori" nomli insholar tanlovi o`tkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Universitet ushbu holatni rad etdi

Ma`lum qilinishicha, Namangan davlat universitetida 2022 yilning 16 noyabr kuni "Konstitusiya — farovon hayotimiz poydevori" hamda "Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o`tkazilgan. Tanlov g`oliblari munosib ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlangan, ammo hech bir ishtirokchi uchun diplom yoki sertifikat tayyorlab berilmagan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ‘diplom’ universitet boshlang`ich tashkiloti tomonidan o`tkazilgan ‘O`tmishga nazar’ shiori ostidagi Abdulla Qodiriyning ‘O`tkan kunlar’ asari yuzasidan o`tkazilgan savol-javoblar bellashuvidagi faol ishtirokchilar uchun berilgan. Ammo ushbu namuna korrupsiya yoki konstitusiya bilan bo`g`liq tanlovlar uchun berilmagan", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar